
Ayo Sofiya — Vizantiya imperatori Yustinian I buyrug'i bilan 537-yilda qurib bitkazilgan noyob me'moriy yodgorlik. Deyarli 1000 yil davomida dunyodagi eng katta soborlardan biri bo'lgan.
1453-yilda Konstantinopol fatҳidan so'ng masjidga aylantirilgan, 1935-yilda esa Turkiya Respublikasi tomonidan muzeyga o'zgartirilgan va 1985-yilda UNESCO Jahon merosi ro'yxatiga kiritilgan.
2020-yilda qaror bilan yana masjid maqomiga qaytarilgan — hozirda u ham ibodat, ham tarixiy-madaniy ziyorat maskani sifatida faoliyat yuritmoqda. Sayyohlar uchun bino yuqori galereyalari ochiq, u yerda noyob Vizantiya davri mozaikalarini ko'rish mumkin.
Ertalab erta yoki kunning oxirida boring — navbat ancha qisqaroq boʻladi.
Yelka va tizzalar yopiq bo'lishi, ayollar esa ro'mol taqishi shart. Kirishda bepul ro'mol va yopinchiq beriladi, lekin navbatda vaqt yo'qotmaslik uchun o'zingiz bilan olib borish tavsiya etiladi.
Ayasofya — ichki koʻrinishi.
Kechki yoritilgan